To‘lovlarni himoyalash siyosati

Xatarlarni nazorat qilish va firibgarlik operatsiyalarining oldini olish

To'lovlar xavfsizligini ta'minlash hamda mijozlarni firibgarlik harakatlaridan himoya qilish maqsadida "OVVA" MChJ barcha to'lov operatsiyalari ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Shubhali tranzaksiyalarni oldini olish va aniqlash bo'yicha texnik hamda tashkiliy choralar qo'llaniladi, jumladan:

  • Bank tomonidan taqdim etilgan operatsiyalarni monitoring qilish va tahlil qilish vositalaridan foydalanish;
  • operatsiyalarni belgilangan cheklovlarga muvofiqligi yuzasidan avtomatik tekshirish;
  • firibgarlik alomatlari aniqlanganda to'lovlarni vaqtincha to'xtatib turish yoki rad etish;
  • internet-ekvayring shartnomasi doirasida firibgarlikka qarshi kurash choralarini amalga oshirish uchun Bank bilan hamkorlik qilish.

Bank kartalari bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar xalqaro standartlarning xavfsizlik talablariga muvofiq bo'lgan himoyalangan to'lov shlyuzlari orqali bajariladi.