“OVVA” servisidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv
25.03.2026 y.
Mazkur “OVVA” servisidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv (bundan buyon matnda “Kelishuv” deb yuritiladi) ommaviy oferta, ya’ni unda ko‘rsatilgan shartlar asosida ushbu Kelishuvni tuzish haqidagi taklif hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan oferta jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan faqat mazkur Kelishuvga to‘liq qo‘shilish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Mazkur Kelishuv “OVVA” servisidan foydalanish shartlarini tartibga soladi hamda ushbu Kelishuv taraflarining asosiy huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Avtorizatsiya – Servisga kirish huquqi berilayotganda Foydalanuvchini identifikatsiya qilish.
Administrator – “OVVA” mas’uliyati cheklangan jamiyati (qisqartirilgan nomi – “OVVA” MChJ), O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ta’sis etilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs (STIR 311366013) bo‘lib, Platformaning egasi, Servisning administratori hamda Servisga kirishni taqdim etuvchi shaxs hisoblanadi.
Videokontent – audiovizual asarlar, shuningdek ularga oid syujetning qisqacha matnli va/yoki audiovizual tavsifini o‘z ichiga olgan axborot materiallari (shu jumladan treylerlar, posterlar, kadrlar) majmui.
Buyruq – Foydalanuvchi tomonidan Ilovada amalga oshiriladigan, “ulash” buyrug‘ini bosish, shuningdek Hamkorning Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash aloqa raqamiga ovozli terish orqali xizmatni ulash va obunani rasmiylashtirishga roziligini ifodalovchi harakat.
Shaxsiy hisob – Hamkor tomonidan ko‘rsatiladigan mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha shaxsiy hisob bo‘lib, unda Foydalanuvchining barcha moliyaviy operatsiyalari aks ettiriladi.
Telekanallar paketi – tariflash maqsadida guruhlangan teleko‘rsatuvlar (teleeshittirishlar) va (yoki) boshqa audiovizual, ovozli xabarlar hamda materiallar majmui.
Hamkor – “COSCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ta’sis etilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs (STIR 201788904) bo‘lib, “Ucell” savdo belgisi ostida abonentlarga aloqa xizmatlarini ko‘rsatadi.
Hamkorlik servisi – Administrator tomonidan Hamkor bilan birgalikda, mazkur Kelishuvda bayon etilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda, Hamkor abonentlariga Servisdan foydalanish imkoniyatini taqdim etish xizmati.
Platforma – Administratorning Foydalanuvchilarga Servisni taqdim etishni ta’minlovchi apparat-dasturiy vositalari va texnologik yechimlari majmui.
Obuna – Foydalanuvchiga cheklangan vaqt oralig‘ida ma’lum bir Tarif asosida Servis doirasida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish imkoniyatini berish bo‘lib, bu Foydalanuvchining tegishli Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqini olishga doir xohish-irodasini ishonchli tarzda aniqlash imkonini beradi. Oylik obunalar uchun xizmatlarni taqdim etish muddati 30 (o‘ttiz) kalendar kuniga teng. Obuna rasmiylashtirilgan paytda Administrator Foydalanuvchidan pulli xizmatlar ko‘rsatilishiga, shu jumladan imtiyozli davr nazarda tutilgan tarif tanlanganda ham, bir martalik rozilik oladi. Obuna Administrator tomonidan spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan va Obunachi tomonidan tanlangan tarifga muvofiq haq evaziga xizmatlar ko‘rsatilishiga rozilikni anglatadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri obuna - Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeyslari orqali bevosita rasmiylashtiriladigan, to‘lov bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladigan obuna va bunda to‘lov oluvchi Administrator hisoblanadi.
Hamkorlik obunasi - Foydalanuvchi tomonidan Hamkorning texnik vositalari orqali yoki Hamkor abonentining Shaxsiy hisobidan to‘lov amalga oshirilgan holda rasmiylashtiriladigan obuna, bunda to‘lov oluvchi Hamkor hisoblanadi.
Foydalanuvchi – Servisdan bevosita yoki Administratorning hamkorlari orqali foydalanish huquqini oluvchi jismoniy shaxs. Servis doirasida har bir Foydalanuvchiga nisbatan Hisob qaydnomasi yaratiladi.
Foydalanuvchi qurilmasi – Foydalanuvchining mulkida yoki boshqa qonuniy egaligida bo‘lgan, mazkur Kelishuvda ko‘rsatilgan texnik talablarga mos keladigan iste’mol multimedia qurilmasi bo‘lib, uning yordamida Foydalanuvchi Servisdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Huquq egasi – Servisda joylashtirilgan intellektual faoliyat natijasiga yoki individuallashtirish vositasiga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ilova – Platforma bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, Foydalanuvchi qurilmalariga o‘rnatiladigan hamda Servisdan foydalanish imkoniyatini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot.
Ruxsat etilgan hudud – Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli bo‘lgan hudud. Mazkur Kelishuv doirasida Ruxsat etilgan hudud deganda O‘zbekiston Respublikasi hududi tushuniladi.
Ruxsat etilgan muddat – Foydalanuvchi Servis doirasida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan vaqt davri. Mazkur Kelishuv doirasida Ruxsat etilgan muddat deganda ulangan Obunaning amal qilish muddatiga teng bo‘lgan davr tushuniladi. Ulangan Obunaga nisbatan Ruxsat etilgan muddatning boshlanishi ulanishning aniq vaqti bilan belgilanadi. Oylik obunalar uchun Ruxsat etilgan muddat 30 (o‘ttiz) kalendar kunni tashkil etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish – Foydalanuvchi Hisob qaydnomasini yaratish hamda Servisdan keyingi foydalanish jarayonida uning Avtorizatsiyasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni Foydalanuvchi tomonidan taqdim etish tartib-taomili.
Sayt – Internet tarmog‘idagi ovva.uz manzili bo‘yicha joylashgan sayt bo‘lib, unda mazkur Kelishuv joylashtirilgan, Servis to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud hamda u orqali Servisdan foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.
Servis – Foydalanuvchiga Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan mazkur Kelishuv shartlariga muvofiq Ilova va/yoki Sayt orqali foydalanish hamda ularni ko‘rish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha xizmat.
Tarif – Foydalanuvchi uchun Servis doirasida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish qiymati. Hisob qaydnomasi – Foydalanuvchiga Servisdan foydalanish huquqi berilganda uning Avtorizatsiyasi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuv. Hisob qaydnomasiga, shu jumladan, Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalanish uchun qo‘llaniladigan abonent raqami va parol (yoki boshqa shunga o‘xshash autentifikatsiya vositalari) kiradi.
Identifikatsiya — mavjud ma’lumotlar asosida foydalanuvchining shaxsini aniqlash.
Internet xizmatlari – Hamkor tomonidan taqdim etiladigan Internet tarmog‘iga kirish xizmatlari.
Mobil aloqa xizmatlari – Hamkor tomonidan taqdim etiladigan mobil aloqa xizmatlari.
Reklama kontenti (Reklama, Reklama materiallari) – Servisdan foydalanish jarayonida Foydalanuvchiga joylashtiriladigan va namoyish etiladigan reklama xususiyatiga ega audiovizual, grafik yoki matnli materiallar. Reklama videoroliklarni (pre-roll, mid-roll, post-roll), statik yoki animatsion bannerlarni, matnli e’lonlarni hamda boshqa reklama formatlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Bank kartasi – odatda bankdagi bitta yoki bir nechta hisob-kitob raqamiga bog‘langan, tovarlar va xizmatlar uchun, shu jumladan internet orqali, kontaktsiz texnologiyadan foydalangan holda to‘lovni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik, metall yoki virtual karta.
Spesifikatsiya - shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan, taqdim etiladigan xizmatlarning tavsiflarini, tariflarni, narxlarni hamda hisob-kitob qilish tartibini belgilovchi hujjat.
Imtiyozli davr – marketing aksiyalarining amal qilish davri bo‘lib, ushbu davr mobaynida Foydalanuvchiga Administratorning pulli xizmatlaridan demo-ruxsat asosida foydalanish imkoniyati beriladi, bunda birinchi hisob-kitob davri qiymati to‘lanmaydi.
2.1. Administrator Foydalanuvchilarga mazkur Kelishuv qoidalariga rioya qilish sharti bilan Servisdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
2.2. Servis doirasida Foydalanuvchiga Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan (agar bunday kontent Servisda mavjud bo‘lsa) Ruxsat etilgan muddat davomida va Ruxsat etilgan hudud doirasida shaxsiy, notijorat maqsadlarda interaktiv rejimda o‘z tanloviga ko‘ra individual tarzda ko‘rish imkoniyati bilan foydalanish huquqi beriladi.
2.3. Foydalanuvchi mazkur Kelishuv shartlari bilan tanishib chiqish hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish majburiyatini oladi. Mazkur Kelishuvga har qanday o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritilganidan keyin Servisdan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchining bunday o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalarga roziligini anglatadi. Foydalanuvchining mazkur Kelishuvning amaldagi shartlarini bilmasligi uni mazkur Kelishuvda nazarda tutilgan majburiyatlardan, shuningdek ularni bajarmaganligi va/yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
2.4. Mazkur Kelishuvni tuzish tartib-taomiliga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalari qo‘llaniladi, ularga muvofiq Foydalanuvchi Servisga birinchi marta murojaat qilganda Ilova yoki Sayt interfeysida (interaktiv menyuda) Foydalanuvchining mazkur Kelishuv shartlariga roziligini tasdiqlovchi bandni tanlashi (“belgi” qo‘yishi) va/yoki “keyingi” tugmasini bosishi, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan Servisdan har qanday foydalanish, shu jumladan sinov obunasidan foydalanish ham mazkur Kelishuvning aksepti hisoblanadi. Bu esa Foydalanuvchi mazkur Kelishuvga hech qanday istisnolar va cheklovlarsiz to‘liq, so‘zsiz va shartsiz ravishda umuman qo‘shilishini, mazkur Kelishuvda hamda spetsifikatsiyada bayon etilgan barcha shartlar va qoidalar bilan tanishganini va ularga roziligini, shuningdek o‘z zimmasiga yuklatiladigan barcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlarga roziligini tasdiqlashini anglatadi.
2.5. Mazkur Kelishuv shartlarining ushbu Kelishuvning 2.4-bandida ko‘rsatilgan tartibda aksept qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi shartlariga muvofiq mazkur Kelishuvning yozma shaklda tuzilishiga tenglashtiriladi.
2.6. Mazkur Kelishuv ushbu Kelishuvning 2.4-bandida nazarda tutilgan tartibda tuzilganidan so‘ng, Foydalanuvchi uning shartlari bilan tanishmaganligini yoki ularning majburiyligini tan olmasligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emas.
2.7. Mazkur Kelishuv maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri joylashgan vaqt mintaqasining vaqti qo‘llaniladi.
2.8. Servis Foydalanuvchi qurilmasida Internet tarmog‘iga kirish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lishi (unda Internetga chiqish uchun zarur va yetarli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan bo‘lishi), Internet tarmog‘iga amalda ulangan bo‘lishi, shuningdek mazkur Kelishuvning 4-bo‘limida bayon etilgan texnik talablarga mos kelishi sharti bilan Foydalanuvchi uchun foydalanish imkonida bo‘ladi.
2.9. Mazkur Kelishuvni tuzish orqali Foydalanuvchi Servisda Ro‘yxatdan o‘tish/Avtorizatsiyadan o‘tish, Administrator vakillari bilan aloqa qilish, shuningdek amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday usulda, shu jumladan, biroq bular bilan cheklanmagan holda: Ilova interfeysidagi push-bildirishnomalar, Foydalanuvchining abonent telefon raqamiga SMS-xabarlar, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va/yoki boshqa usullar orqali Administratordan axborot, shu jumladan reklama materiallarini olish maqsadida o‘z abonent raqamini Administratorga taqdim etishga rozilik beradi.
2.10. Foydalanuvchi yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni Administratordan olishni quyidagi usullar bilan rad etishga haqli: mobil qurilmalar sozlamalarida push-bildirishnomalarni olish funksiyasini o‘chirib qo‘yish yoxud messenjer-ilovalar sozlamalarida xabarlarni olishni bloklash orqali.
2.11. Servisdan foydalanish doirasida Foydalanuvchiga reklama materiallari namoyish etilishi mumkin, shu jumladan reklama axborotini Ilova va/yoki Sayt interfeysida joylashtirish, shuningdek Telekanallar paketini ko‘rish boshlanishidan oldin reklama materiallarini ko‘rsatish orqali.
2.12. Reklama materiallari faqat faol Obunaga ega bo‘lmagan yoki Hamkorlik servisi shartlari asosida Servisdan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan Foydalanuvchilarga nisbatan namoyish etiladi.
2.13. Reklama materiallari shaxsiylashtirilmagan holda va Foydalanuvchilarni profillashtirmasdan namoyish etiladi. Administrator reklama materiallarini Foydalanuvchining qiziqishlari, xulq-atvori, ko‘rishlar tarixi yoki boshqa individual xususiyatlari asosida tanlamaydi.
2.14. Reklama materiallarini namoyish etish Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini reklama materiallarini shaxsiylashtirish maqsadida qayta ishlashni nazarda tutmaydi.
2.15. Reklama materiallarini namoyish etish formatlari, hajmi va tartibi Administrator tomonidan Foydalanuvchini oldindan xabardor qilmasdan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
2.16. Reklama materiallari namoyish etilganda uchinchi shaxs reklama platformalari reklamani yetkazib berish va qo‘llaniladigan geografik cheklovlarga rioya etish maqsadida Foydalanuvchining tarmoq o‘zaro aloqasiga oid texnik ma’lumotlarini (shu jumladan IP-manzilini) qayta ishlashi mumkin.
2.17. Mazkur Kelishuvni tuzish orqali Foydalanuvchi Kelishuvning barcha shartlari, shuningdek ilovalar (shu jumladan spetsifikatsiya) bilan tanishib chiqqanini hamda Kelishuv shartlariga roziligini tasdiqlaydi.
3.1. Foydalanuvchi ulangan mobil aloqa xizmatlariga ega, SMS-xabarlarni qabul qilish imkonini beruvchi SIM-karta o‘rnatilgan faol mobil telefonga, shuningdek mazkur Kelishuvning 4-bo‘limida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan Foydalanuvchi qurilmasiga ega bo‘lishi kerak.
3.2. Foydalanuvchi tomonidan mobil aloqa xizmatlari doirasida foydalaniladigan bitta abonent raqamiga nisbatan faqat bitta Hisob qaydnomasi yaratilishi mumkin. Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra istalgan Foydalanuvchi qurilmasidagi Servisdan foydalanish huquqiga ega.
3.3. Ro‘yxatdan o‘tishni amalga oshirar ekan, Foydalanuvchi Hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish shaklida ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga rioya qilishi shart.
3.4. Foydalanuvchining abonent raqami bir martalik kodni (SMS-OTP) Servis interfeysiga kiritish hamda Oferta shartlariga rozilikni tasdiqlovchi tugmani (masalan, “Kirish”, “Ulash” yoki shunga o‘xshash tugmani) bosish yo‘li bilan muvaffaqiyatli verifikatsiya qilingan paytdan boshlab Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangan, mazkur Ofertaning aksepti esa amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi Ofertaga roziligini tasdiqlamagan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tish yakunlangan deb hisoblanmaydi va Servisdan foydalanish imkoniyati taqdim etilmaydi.
3.5. Ro‘yxatdan o‘tish maqsadlarida Foydalanuvchi Administrator yoki Hamkor tomonidan Foydalanuvchining abonent raqamiga SMS-xabar orqali yuboriladigan bir martalik paroldan (OTP) foydalanadi. To‘g‘ri SMS-kodni kiritish Foydalanuvchining ko‘rsatilgan abonent raqamiga egaligini tasdiqlaydi.
3.6. Ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchining keyinchalik Servisdan foydalanish huquqini olish maqsadida Ilovaga va/yoki Saytga kirishi Foydalanuvchi tomonidan Ilovada va/yoki Saytda (foydalanilayotgan Foydalanuvchi qurilmasiga qarab) Avtorizatsiyadan o‘tish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3.7. Foydalanuvchi Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi. Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning amal qilish muddati davomida Hisob qaydnomasidagi ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlash majburiyatini oladi. Foydalanuvchi to‘liq bo‘lmagan yoki ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etganligi, shuningdek buning oqibatida yuzaga kelgan har qanday salbiy oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.
3.8. Foydalanuvchi o‘z Hisob qaydnomasidan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun to‘liq javobgar bo‘ladi, shuningdek login, parol, abonent telefon raqami (mobil aloqa xizmatlari doirasida foydalaniladigan), elektron pochta manzilining xavfsizligi va ulardan lozim darajada foydalanilishini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi. Foydalanuvchi uchinchi shaxslar tomonidan Foydalanuvchining Hisob qaydnomasidan ruxsatsiz foydalanishning har qanday holati haqida Administratorni zudlik bilan xabardor qilish majburiyatini oladi. Foydalanuvchining abonent raqamidan foydalangan holda muvaffaqiyatli Avtorizatsiyadan so‘ng Servisda amalga oshirilgan barcha harakatlar bevosita Foydalanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
3.9. Foydalanuvchi Foydalanuvchi qurilmasini va/yoki Hisob qaydnomasi ma’lumotlarini (login, parol) uchinchi shaxsga bergan taqdirda, bunday harakatlar uchun butun javobgarlik bevosita Foydalanuvchining zimmasida bo‘ladi. Administratorning aybi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda Foydalanuvchining Hisob qaydnomasi yoki uning Foydalanuvchi qurilmasidan foydalangan holda Servisga ruxsatsiz kirish natijasida Foydalanuvchiga yetkazilgan har qanday zarar uchun (shu jumladan, biroq bu bilan cheklanmagan holda, Foydalanuvchi qurilmasi o‘g‘irlangan taqdirda) Administrator javobgar bo‘lmaydi.
3.10. Foydalanuvchi Hisob qaydnomasidan foydalanish imkoniyatini yo‘qotgan taqdirda, foydalanish imkoniyatini tiklash Administratorning qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali, Servis Hamkor orqali taqdim etilgan hollarda esa — Hamkorning qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali amalga oshiriladi. Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish usullari Servis interfeyslarida Foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.
3.11. Administrator Foydalanuvchining Hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish shakli, SMS-xabarlar yetkazilishidagi kechikishlar, uzilishlar, noto‘g‘ri yoki o‘z vaqtida yetkazilmaslik holatlari, shuningdek Administrator javobgarligi doirasidan tashqarida bo‘lgan boshqa texnik muammolar hamda yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari oqibatida yuzaga kelgan holatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.1. Servis Foydalanuvchiga texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan va Foydalanuvchi qurilmasi mazkur Kelishuvda bayon etilgan hamda Saytda ko‘rsatilgan texnik talablarga mos kelgan taqdirda taqdim etilishi mumkin.
4.2. Servisdan foydalanish imkoniyati Foydalanuvchiga faqat Foydalanuvchi qurilmasi vositasida taqdim etiladi. Servisdan foydalanish maqsadida Administrator Platformasi bilan o‘zaro ishlaydigan Foydalanuvchi qurilmalarining ro‘yxati, shuningdek ularga qo‘yiladigan talablar Saytning “Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar” bo‘limida keltirilgan. Zaruratga qarab Administrator yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxat va talablarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritishga haqli.
4.3. Administrator tomonidan belgilangan texnik talablarga javob bermaydigan Foydalanuvchi qurilmalaridan foydalanilganda, Servisdan foydalanish imkoni bo‘lmasligi yoki uning funksional imkoniyatlari cheklangan bo‘lishi mumkin.
4.4. Telekanallar paketi yoki Videokontentni ko‘rish sifati Internet tarmog‘ining ishlash tezligiga bog‘liq. Servisdan Foydalanuvchi qurilmasining Internet tarmog‘i bilan barqaror va uzluksiz ulanganligi sharti bilan foydalanish mumkin, bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi SD formatdagi fayllarni yuklab olish uchun kamida 1,5 Mbit/sekundni (original sifat uchun kamida 5 Mbit/sek), HD formatdagi fayllarni yuklab olish uchun kamida 5 Mbit/sekundni (original sifat uchun kamida 15 Mbit/sek), shuningdek fayllarni yuborish uchun kamida 1 Mbit/sekundni tashkil etishi lozim, Internet ulanishining javob qaytarish vaqti esa 300 ms (PING, ms) dan oshmasligi kerak. Administrator Foydalanuvchi qurilmasining Platforma bilan Internet ulanishi sifati uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.5. Servisdan foydalanish uchun Foydalanuvchi qurilmasida Ilova o‘rnatilgan bo‘lishi zarur (Sayt orqali Foydalanuvchi qurilmalaridan kirish holatlari bundan mustasno), shuningdek Telekanallar paketi va Videokontentni ko‘rish uchun zarur va yetarli bo‘lgan dasturiy ta’minot mavjud bo‘lishi kerak. Ilova Foydalanuvchi qurilmasiga ishlab chiqaruvchi zavod, Foydalanuvchi qurilmasi sotuvchisi yoki boshqa vakolatli Huquq egasi tomonidan oldindan o‘rnatilgan bo‘lishi yoxud Saytda ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
4.6. Servisdan foydalanish maqsadida Foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot qonuniy ravishda sotib olingan hamda Foydalanuvchi tomonidan qonuniy asoslarda foydalanilayotgan bo‘lishi, shuningdek mazkur dasturiy ta’minotga nisbatan Foydalanuvchi yoki boshqa har qanday shaxs tomonidan har qanday usulda o‘zgartirish yoki modifikatsiya kiritilmagan bo‘lishi lozim, uning Huquq egasi yoki u vakolat bergan shaxs bundan mustasno.
4.7. Internet tarmog‘iga kirish xizmatlarini xarid qilish, Foydalanuvchi qurilmalari uchun tegishli dasturiy ta’minotdan foydalanish huquqlarini olish va uni o‘rnatish bilan bog‘liq barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Administrator Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarning yuqorida ko‘rsatilgan harakatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.8. Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning ushbu bo‘limida bayon etilgan texnik talablarga rioya etilishi uchun mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi, shuningdek Foydalanuvchi qurilmasining Internet tarmog‘iga ulanmaganligi, Foydalanuvchi qurilmasida Servisdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ayrim komponentlar, funksiyalar yoki dasturiy ta’minotning mavjud emasligi, shuningdek Foydalanuvchi qurilmasi yoki uchinchi shaxslar uskunasining ishlashidagi har qanday xatolar sababli Servisdan foydalanish, Telekanallar paketini yoki Videokontentni to‘g‘ri ko‘rish imkoniyati bo‘lmaganligi bilan bog‘liq barcha xatarlar uchun yakka tartibda javobgar bo‘ladi.
5.1. Servisdan foydalanish huquqi Ro‘yxatdan o‘tish tartib-taomilidan o‘tgan, faol Hisob qaydnomasiga ega bo‘lgan Foydalanuvchiga mazkur Kelishuvning 3-bo‘limida bayon etilgan tartibda Avtorizatsiyadan o‘tgandan so‘ng Sayt va/yoki Ilovadagi tegishli interfeys orqali taqdim etiladi.
5.2. Servis doirasida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqini olish uchun, agar bu Foydalanuvchining tarif rejasining shartlari bilan belgilanmagan bo‘lsa, Foydalanuvchi Sayt / Ilova yordamida tegishli Obunani ulashi lozim. Obuna Administrator tomonidan qayta ishlangan va tasdiqlangan (faollashtirilgan) paytdan boshlab ulangan deb hisoblanadi.
5.3. Obunani ulashdan oldin Foydalanuvchi mazkur Kelishuvda va Spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan shartlar bilan tanishib chiqishi shart.
5.4. Obunaning muddatlari, shartlari va qiymati to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar www.ovva.uz saytidagi yoki ovva ilovasidagi Spetsifikatsiya bo‘limida keltirilgan. Spetsifikatsiya mazkur kelishuvning ajralmas qismi, ya’ni ofertaga ilova hisoblanadi.
5.5. Foydalanuvchiga Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish uchun Obunani Administrator tomonidan ulash shaxsiy hisobdan yoki bank kartasidan to‘lov amalga oshirilganidan va tegishli Telekanallar paketi va/yoki Videokontent bo‘yicha Obuna uchun to‘lov fakti aks ettirilganidan keyin amalga oshiriladi.
5.6. To‘lovni amalga oshirish tartibi:
5.6.1. Hamkorlik obunalari uchun: To‘lov Hamkor abonentining Shaxsiy hisobidan pul mablag‘larini yechish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mablag‘larni yechish shartlari, mablag‘lar yetarli emasligi hamda kredit shaklidagi to‘lov masalalari Foydalanuvchining Hamkor bilan tuzgan shartnomasi bilan tartibga solinadi
5.6.2. To‘g‘ridan to‘g‘ri obunalar uchun: To‘lov mazkur Kelishuvning 6-bo‘limiga muvofiq Foydalanuvchining biriktirilgan bank kartasidan rekurrent (avtomatik) yechib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
5.7. Obuna avtomatik uzaytirish shartlarida taqdim etiladi, bu esa ulangan Obunaning amal qilish muddatiga teng muddatga Obunani avtomatik ravishda uzaytirishni anglatadi, bunda Foydalanuvchining Shaxsiy hisobi yoki biriktirilgan bank kartasidan bunday uzaytirish vaqtida amalda bo‘lgan Tarifga muvofiq belgilanadigan summada pul mablag‘lari avtomatik ravishda yechib olinadi.
5.8. Foydalanuvchining Obunani avtomatik uzaytirish shartlarida ulashga roziligi Foydalanuvchi tomonidan Servisni ulash va Obuna uchun to‘lovni Shaxsiy hisobdan yoki bank kartasidan amalga oshirishga doir buyruqlarni kiritish orqali ifodalanadi.
5.9. Administrator Servis bo‘yicha imtiyozli davr bilan va/yoki Aksiya doirasida Obuna taqdim etishi mumkin. Foydalanuvchi Servis bo‘yicha imtiyozli davr bilan va/yoki Aksiya doirasida Obuna rasmiylashtirganda, Obunaning avtomatik uzaytirilishi faollashtirilishi mumkin. Bunday holda, aksiya/imtiyozli davr tugaganidan so‘ng pul mablag‘lari amaldagi Tariflarga muvofiq Foydalanuvchining Shaxsiy hisobidan yoki bank kartasidan yechib olinadi. Obunaning avtomatik uzaytirilishini rad etish uchun Foydalanuvchi joriy Obuna muddati tugaguniga qadar istalgan vaqtda Ilova va/yoki Saytning tegishli interfeysida Obunaning avtomatik uzaytirilishini o‘chirish bo‘yicha harakatlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi shart.
5.10. Obuna ulanganidan so‘ng Foydalanuvchi Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqidan faqat Administrator va/yoki Videokontent Huquq egasi tomonidan belgilangan Ruxsat etilgan muddat davomida foydalanishga haqli. Har bir Telekanallar paketi va/yoki Videokontent bo‘yicha Ruxsat etilgan muddat, Tarif miqdori, tarkibi, mazmuni va boshqa shartlar haqidagi ma’lumotlar Sayt va/yoki Ilovaning tegishli interfeysida joylashtirish yo‘li bilan Foydalanuvchiga yetkaziladi, shuningdek Spetsifikatsiyada ham ko‘rsatiladi. Ulangan Obunaga nisbatan Ruxsat etilgan muddatning boshlanishi Administrator tomonidan tegishli Obuna ulangan aniq vaqt (daqiqalar, soatlar, sana, oy, yil) bilan belgilanadi. Ruxsat etilgan muddat tugaganidan so‘ng Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqi bekor qilinadi.
5.11. Videokontentdan foydalanish shartlari, mazkur Kelishuv shartlariga qo‘shimcha ravishda, tegishli Videokontentning Huquq egasi tomonidan tariflar va spetsifikatsiyaga muvofiq belgilanadi. Mazkur Kelishuv doirasida Videokontent Huquq egalari deganda Foydalanuvchilarga Videokontentdan foydalanish (ko‘rish) huquqini taqdim etish vakolatiga ega bo‘lgan onlayn-kinoteatrlar va audiovizual servislar tushuniladi.
5.12. Administrator Foydalanuvchiga Servis doirasida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqini Administratorning va/yoki Videokontent Huquq egasining marketing aksiyalari shartlarida, shu jumladan, biroq bular bilan cheklanmagan holda, imtiyozli davr mobaynida foydalanish huquqini berish, qo‘shimcha Telekanallar paketlari va/yoki Videokontentga kirish huquqini (bonuslar) taqdim etish, chegirmalar berish, sodiqlik dasturlaridan foydalanish asosida taqdim etishga haqli. Marketing aksiyalarining ro‘yxati, shartlari va o‘tkazilish muddati Saytdagi spetsifikatsiyada va/yoki Ilova interfeysida ko‘rsatiladi hamda Administrator/Hamkor tomonidan istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
5.13. Barcha bonuslar marketing aksiyalariga muvofiq taqdim etiladi va bepul ko‘rsatilgan xizmatlar hisoblanmaydi.
5.14. Imkoniyat mavjud bo‘lgan taqdirda Administrator Foydalanuvchiga Servis doirasida turli Telekanallar paketlaridan alohida tarzda ham, Videokontent bilan birgalikda ham Sayt va/yoki Ilova interfeysining tegishli bo‘limida ko‘rsatilgan Tariflar asosida foydalanish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.
5.15. Servis doirasida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqi Spetsifikatsiyada belgilangan Tariflar asosida taqdim etilishi mumkin. Tarif narxi hamda Servis doirasida Foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan telekanallar va/yoki Videokontent ro‘yxati Administrator tomonidan istalgan vaqtda o‘z xohishiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin, biroq bunday o‘zgartirishlar kuchga kirish sanasidan kamida 15 (o‘n besh) kalendar kun oldin Foydalanuvchilar bu haqda oldindan xabardor qilinishi shart.
5.16. Mazkur Kelishuv bo‘yicha Telekanallar paketi va Videokontentdan foydalanish huquqi uchun to‘lov milliy valyutada — o‘zbek so‘mida, Shaxsiy hisobdan pul mablag‘larini yechish yoki mazkur Kelishuvning 6-bo‘limida nazarda tutilgan tartibda Bank kartasi orqali to‘lovni amalga oshirish yo‘li bilan to‘lanadi.
5.17. Tegishli Tarif bo‘yicha Obuna uchun haq to‘lar ekan, Foydalanuvchi Servis doirasida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqi Administrator tomonidan Foydalanuvchi Obuna uchun to‘lovni amalga oshirgan paytdan boshlab taqdim etilgan deb hisoblanishidan xabardor ekanligini va bunga roziligini tasdiqlaydi, bunda Ruxsat etilgan muddat davomida va Ruxsat etilgan hudud doirasida taqdim etilgan Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan amalda foydalanilganligi yoki foydalanilmaganligidan qat’i nazar, ushbu qoida qo‘llaniladi, Administratorning aybi bilan Foydalanuvchida bunday foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
5.18. Administratorning aybi bilan tegishli Tarif uchun to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab 48 (qirq sakkiz) soatdan ortiq davr mobaynida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqini pulli Obuna bo‘yicha taqdim etish imkoni bo‘lmagan taqdirda, Hamkor Foydalanuvchining yozma so‘rovi asosida va imkoniyat mavjud bo‘lsa, Foydalanuvchining Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan davrga teng muddatga Ruxsat etilgan foydalanish muddatini uzaytiradi yoki Foydalanuvchiga u tomonidan to‘langan summani qaytaradi. Shaxsiy hisobdan foydalangan holda foydalanish huquqi uchun to‘lovni amalga oshirgan Foydalanuvchi, agar to‘lov amalga oshirilgan kundan e’tiboran 30 (o‘ttiz) kalendar kundan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, yuqoridagi so‘rovni Hamkorning 8123 raqami bo‘yicha Kontakt markaziga murojaat qilish yoki ucell.uz veb-saytidagi murojaat shakli orqali yuborishga haqli. Bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilgan taqdirda, qaytarish Administratorning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat asosida amalga oshiriladi, bunda to‘lov amalga oshirilgan kundan e’tiboran 30 (o‘ttiz) kalendar kundan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lishi shart.
5.19. Agar Telekanallar paketi tarkibida majburiy ommabop telekanallar mavjud bo‘lsa, bunday telekanallardan foydalanish bepul amalga oshiriladi. Bunda tarkibiga majburiy ommabop telekanallar kiruvchi Telekanallar paketidan foydalanish pulli hisoblanadi (agar Administrator tomonidan boshqacha tartib bevosita belgilanmagan bo‘lsa) va bunday majburiy ommabop telekanallarni ko‘rish qiymatini o‘z ichiga olmaydi.
5.20. To‘lov Servis interfeysida mavjud bo‘lgan usullar bilan, shu jumladan operatorning shaxsiy hisobidan yechish, bank kartalari, elektron to‘lov vositalari va boshqa usullar orqali amalga oshirilishi mumkin.
5.21. Foydalanuvchilarga tarif shartlariga muvofiq haq evaziga xizmatlar ko‘rsatishning imtiyozli davri taqdim etiladi, ushbu davr tugaganidan so‘ng Foydalanuvchidan Spesifikatsiyaga muvofiq to‘lov undiriladi. Foydalanuvchi shaxsiy kabinetda obunani bekor qilish orqali Obunadan voz kechish huquqiga ega.
5.22. Administrator tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar, shu jumladan imtiyozli davr taqdim etiladigan marketing aksiyalari doirasiga kiruvchi xizmatlar ham pulli hisoblanadi, shu munosabat bilan Foydalanuvchi Obunani bir martalik tartibda tasdiqlaydi hamda mazkur Kelishuvning 6-bo‘limiga muvofiq avtomatik to‘lovlarga va to‘lov rekvizitlarini saqlashga rozilik beradi. Bunda Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning 5.7-bandida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda Administrator xizmatlaridan voz kechish huquqiga ega.
5.23. To‘lovga oid munosabatlar bank ofertasining amaldagi tahriri bilan tartibga solinadi. Mazkur oferta bank tomonidan e’lon qilingan tegishli rasmiy havolada joylashtiriladi - https://uzumbank.uz/ru/documents
6.1. Umumiy qoidalar:
6.1.1. Obunani rasmiylashtirishda Foydalanuvchi bank kartasi yoki Servis interfeysida mavjud bo‘lgan boshqa to‘lov vositasidan foydalanishga haqli.
6.1.2. Sayt va ilova interfeysida barcha pulli xizmatlar nofaol holatda bo‘ladi. Obunani rasmiylashtirish va to‘lov rekvizitlarini kiritish orqali Foydalanuvchi Obunani taqdim etish shartlari bilan tanishganligini aniq tasdiqlaydi hamda quyidagilarga o‘z roziligini bildiradi: • to‘lov provayderi tomonidan to‘lov rekvizitlarining saqlanishiga (card-on-file); • to‘lov provayderi tomonidan Obuna shartlariga muvofiq pul mablag‘larini avtomatik yechib olishning amalga oshirilishiga (recurring payments); • rasmiylashtirilgan Obuna shartlari doirasida karta rekvizitlarini qayta kiritmasdan va har bir tranzaksiyani alohida tasdiqlamasdan keyingi to‘lov operatsiyalarining bajarilishiga.
6.1.3. Avtomatik yechib olish shartlariga rozilik Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvga rozilikdan alohida ravishda, Servis interfeysida aniq tasdiqlovchi harakatni amalga oshirish, ya’ni “Ulash” tugmasini bosish orqali beriladi.
6.2. Avtomatik yechib olish parametrlari:
6.2.1. Obuna rasmiylashtirilguniga qadar Foydalanuvchiga Servis interfeysida quyidagilar haqida ma’lumot taqdim etiladi: • to‘lov summasi yoki uni aniqlash tartibi; • yechib olish valyutasi; • tanlangan xizmatlar uchun to‘lov bo‘yicha avtomatik yechib olishlarning davriyligi; • imtiyozli davrning mavjudligi va uning davomiyligi (mavjud bo‘lsa); • qo‘llaniladigan tariflar.
6.2.2. Muntazam to‘lov miqdori tanlangan Tarif bilan belgilanadi va Obuna tasdiqlanguniga qadar Foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.
6.2.3. Avtomatik yechib olishlar davriy asosda amalga oshiriladi va Foydalanuvchi yoki Administrator tomonidan Obuna bekor qilingunga qadar davom etadi.
6.3. Imtiyozli davr:
6.3.1. Imtiyozli davr taqdim etilgan taqdirda, Obuna qiymatini avtomatik yechib olish ushbu davr yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi.
6.3.2. Agar Foydalanuvchi imtiyozli davr tugaguniga qadar Obunani bekor qilmasa, Obuna haq to‘lash asosida avtomatik ravishda uzaytirilgan deb hisoblanadi va Foydalanuvchidan tegishli Tarif qiymati yechib olinadi.
6.3.3. Administrator Foydalanuvchiga imtiyozli davr tugaganidan keyin amalga oshiriladigan bo‘lajak yechib olish haqida SMS-xabar, push-bildirishnoma, elektron pochta yoki boshqa mavjud usul orqali bildirishnoma yuborishga haqli.
6.4. Yechib olishlar va o‘zgarishlar haqida bildirishnomalar:
6.4.1. Administrator Foydalanuvchini quyidagilar haqida xabardor qilishga haqli: • bo‘lajak yechib olishlar; • Obuna qiymatining o‘zgarishi; • tariflarning o‘zgarishi; • Obunani taqdim etish shartlarining muhim o‘zgarishlari.
6.4.2. Bildirishnoma o‘zgarishlar kuchga kirishidan oldin oqilona muddatdan kechiktirmay SMS-xabar, push-bildirishnoma, elektron pochta yoki Servis interfeysidagi xabarlar orqali, shu jumladan bir yoki bir nechta aloqa kanali vositasida amalga oshiriladi.
6.4.3. O‘zgarishlar kuchga kirganidan keyin Obunadan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchining bunday o‘zgarishlarga roziligi deb hisoblanadi.
6.4.4. O‘zgarishlarga rozi bo‘lmagan Foydalanuvchi ular kuchga kirish sanasiga qadar Obunani bekor qilishi shart.
6.5. Obunani bekor qilish:
6.5.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Servis interfeyslari orqali yoki Servis interfeysida ko‘rsatilgan boshqa usul bilan Obunaning avtomatik uzaytirilishini bekor qilishga haqli. Hamkorlik obunalari uchun (Hamkorning Shaxsiy hisobidan to‘lov amalga oshirilganda) Xizmatni o‘chirish Operatorning mobil ilovasida “Obunalar” bo‘limi orqali yoki USSD-kod vositasida ham amalga oshirilishi mumkin.
6.5.2. Obuna bekor qilingandan keyin: • avtomatik yechib olishlar to‘xtatiladi; • Obunadan foydalanish huquqi to‘langan davr tugaguniga qadar saqlanib qoladi; • foydalanilmagan davr uchun pul mablag‘larining qisman qaytarilishi amalga oshirilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6.6. Mablag‘larning yetarli emasligi va to‘lovlarning rad etilishi:
6.6.1. Agar avtomatik yechib olish Administratorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (shu jumladan mablag‘larning yetarli emasligi, emitent-bank yoki to‘lov tizimining rad etishi sababli) amalga oshirilmasa, Foydalanuvchining Servisdan foydalanish huquqi vaqtincha to‘xtatiladi va to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilguniga qadar Kontentdan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi.
6.6.2. Administrator Foydalanuvchi yoki Administrator tomonidan Obuna bekor qilingunga qadar pul mablag‘larini yechib olish bo‘yicha takroriy urinishlarni amalga oshirishga haqli. To‘xtatib qo‘yilgan Obuna qiymatiga mos keladigan Tarif summasidagi pul mablag‘larini yechib olish bo‘yicha urinish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, Foydalanuvchi uchun bunday Obunadan foydalanish huquqi qayta tiklanadi.
6.7. Qaytarishlar:
6.7.1. Obunaning avtomatik uzaytirilishi doirasida yechib olingan pul mablag‘lari qaytarilmaydi.
6.7.2. Pul mablag‘larini qaytarish quyidagi hollarda mumkin: • yechib olishda texnik xatolik yuz berganda; • pul mablag‘lari ikki marta yechib olinganda; • Administratorning aybi bilan Servisni taqdim etish imkoni bo‘lmaganda; • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
6.8. Administrator tomonidan avtomatik yechib olishlarni to‘xtatish:
6.8.1. Administrator quyidagi hollarda avtomatik yechib olishlarni amalga oshirishni to‘xtatishga va/yoki Obunani bekor qilishga haqli: • Foydalanuvchi tomonidan Kelishuv shartlari buzilganda; • firibgarlik operatsiyalari aniqlanganda; • to‘lov tizimlari yoki ekvayer-bank talablari mavjud bo‘lganda; • tegishli Tarifni taqdim etish to‘xtatilganda.
6.9. Foydalanuvchilarning bank kartalari rekvizitlarini saqlash:
6.9.1. Administrator Foydalanuvchilarning bank kartalari rekvizitlarini olmaydi, qayta ishlamaydi va saqlamaydi.
6.9.2. Foydalanuvchilarning bank kartalari to‘lov rekvizitlarini saqlash va qayta ishlash to‘lov provayderi tomonidan, to‘lov ma’lumotlari xavfsizligining xalqaro standartlari (shu jumladan PCI DSS) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
7.1. Administrator va Foydalanuvchi mazkur Kelishuvda nazarda tutilgan huquqlardan faqat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hamda mazkur Kelishuvda ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishlarini va majburiyatlarni ham shu tartibda bajarishlarini kafolatlaydilar.
7.2. Administrator quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi:
7.2.1. u O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs hisoblanadi, shuningdek mazkur Kelishuvni tuzish va u bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun barcha huquq va vakolatlarga ega;
7.2.2. u Foydalanuvchilarga Servisni taqdim etish maqsadida Platforma, Sayt va Ilovalardan foydalanishning qonuniy huquqiga ega;
7.2.3. u Huquq egalari (yoki ularning litsenziatlari) bilan tuzilgan tegishli shartnomalar asosida Telekanallar paketiga kiruvchi telekanallardan Servis doirasida Foydalanuvchiga Telekanallar paketidan foydalanish huquqini taqdim etish uchun zarur bo‘lgan hajmda foydalanish huquqiga ega;
7.2.4. u Videokontent Huquq egalari (yoki ularning litsenziatlari) bilan tuzilgan tegishli shartnomalar asosida Foydalanuvchilarga Servis doirasida Videokontentdan foydalanish huquqini taqdim etish huquqiga ega.
7.3. Foydalanuvchi Servisdan foydalanganda quyidagi harakatlarni amalga oshirmasligini tasdiqlaydi va kafolatlaydi:
7.3.1. Servisdan mazkur Kelishuv shartlarini buzgan holda foydalanish;
7.3.2. Servisning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan usullarda undan foydalanish;
7.3.3. Ro‘yxatdan o‘tish va Avtorizatsiya tartib-taomilisiz Servisdan, shu jumladan Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqini olishga urinish yoxud mazkur Kelishuv doirasida Servisdan qonuniy foydalanish uchun nazarda tutilgan cheklovlarni, shu jumladan login va parolni tanlash, buzib kirish, IP-manzillarni o‘zgartirish yoki almashtirish orqali, yoxud Servisga ruxsatsiz kirishni cheklovchi texnik himoya vositalarini chetlab o‘tishga qaratilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarni amalga oshirishga urinish;
7.3.4. Servisdan har qanday tijorat maqsadlarida foydalanish, shu jumladan, biroq bular bilan cheklanmagan holda, Telekanallar paketiga kiruvchi telekanallarni va/yoki Videokontentni Foydalanuvchining odatiy oila doirasiga yoki individual shaxslar doirasiga kirmaydigan shaxslarga erkin tashrif buyurish uchun ochiq joylarda (kafe, restoran, do‘kon, mehmonxona va hokazo) namoyish etish yoki foydalanish imkonini berish, yuqorida ko‘rsatilgan joylarning iste’mol jozibadorligini oshirish maqsadida;
7.3.5 Servisdan, shu jumladan Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan ommaviy namoyish, ijro, ko‘rish, ko‘rsatish, umumiy e’tiborga yetkazish yoki boshqa har qanday ommaviy foydalanish maqsadlarida foydalanish;
7.3.6. Telekanallar paketiga kiruvchi telekanallarning teleko‘rsatuvlarini yoki ularning qismlarini, shuningdek Videokontentni har qanday usulda, shu jumladan Foydalanuvchi qurilmasi ekrani (displeyi)dan ko‘rish vaqtida videoyozuv yaratish yo‘li bilan takrorlash (nusxa olish);
7.3.7. har qanday uchinchi shaxslarning qurilmalariga (shu jumladan dasturiy ta’minotiga) zarar yetkazishga qodir dasturiy ta’minotdan (viruslar, troyanlar va boshqa zararli dasturlar) foydalanish;
7.3.8. Servisdan, shu jumladan Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan mazkur Kelishuvga muvofiq ruxsat etilgan maqsadlar va usullardan tashqari boshqa maqsadlarda va usullarda foydalanish, shu jumladan, biroq bular bilan cheklanmagan holda, mazkur Kelishuv bo‘yicha olingan huquqlarni qayta sotish, ijaraga berish, tarqatish, sotish, tijorat muomalasiga kiritish, Servisni ommaviy foydalanish uchun ochiq qilish yoki boshqa tarzda uchinchi shaxslarga o‘tkazish.
7.3.9. Ruxsat etilgan hududdan tashqarida Videokontent va Telekanallar paketidan foydalanish huquqini olish maqsadida geolokatsiyani chetlab o‘tish vositalaridan (shu jumladan VPN, proksi va boshqalar) foydalanish.
7.3.10. Servisdan bepul foydalanish chog‘ida Reklama kontentini bloklash uchun dasturiy vositalardan foydalanish.
7.4. Mazkur Kelishuvga muvofiq Servis “QANDAY HOLATDA BO‘LSA, SHUNDAYLIGICHA” taqdim etiladi, bu esa uning mavjud bo‘lgan ko‘rinishda faoliyat yuritishini, shuningdek Administrator tomonidan Servisga nisbatan har qanday kafolatlar yoki tasdiqlovlarning mavjud emasligini anglatadi, shu jumladan, biroq bular bilan cheklanmagan holda: Servis Foydalanuvchining talablariga, maqsadlariga yoki kutgan natijalariga mos kelishi, Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish huquqi uzluksiz, tezkor, ishonchli va hech qanday xatolarsiz taqdim etilishi, Telekanallar paketiga kiruvchi har qanday telekanal va/yoki Videokontentning sifati va mazmuni Foydalanuvchi talablariga mos kelishi bo‘yicha.
7.5. Administrator va Foydalanuvchi Servisdan foydalanish (shu jumladan Foydalanuvchiga Servis doirasida foydalanish huquqi berilgan barcha intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalari) ommaviy ijro etish yoxud efirga yoki kabel orqali uzatish, shu jumladan ... yo‘li bilan amalga oshirilmasligini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.
8.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
8.1.1. Servisdan mazkur Kelishuv shartlariga muvofiq foydalanish.
8.1.2. Sayt va/yoki Ilova orqali o‘z tanloviga ko‘ra Servis doirasida o‘ziga foydalanish huquqi berilgan Telekanallar paketi va/yoki Videokontentni ko‘rishni amalga oshirish, bunda ko‘rishni boshqarish funksionalidan (agar u mavjud bo‘lsa, “PAUZA” funksiyasi yordamida ko‘rishni to‘xtatib turish, orqaga-oldinga o‘tkazish, alohida epizodlar bo‘yicha o‘tish, tilni almashtirish va boshqa funksiyalar) foydalanish huquqi bilan.
8.1.3. Mazkur Kelishuvning 12-bo‘limida bayon etilgan tartibga muvofiq Servis faoliyatiga oid e’tirozlar va/yoki takliflar bilan murojaat qilish.
8.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
8.2.1. Mazkur Kelishuv shartlariga rioya qilish.
8.2.2. Servisdan, shu jumladan Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan mazkur Kelishuv shartlariga muvofiq faqat o‘zining Foydalanuvchi qurilmasi orqali shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanish.
8.2.3. Administratorning, shuningdek Servis doirasida foydalaniladigan intellektual faoliyat natijasiga yoki individuallashtirish vositasiga nisbatan mutlaq huquq tegishli bo‘lgan Huquq egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish.
8.2.4. Foydalanuvchi Videokontentning yoshga oid markirovkasini kuzatib borish va Servisda mavjud bo‘lgan telekanallar hamda Videokontentni ko‘rish uchun belgilangan yosh cheklovlariga rioya etish majburiyatini oladi. Tegishli Videokontent va telekanallarni ko‘rish uchun belgilangan yoshga yetmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar yoki boshqa qonuniy vakillarning roziligisiz ularni ko‘rishdan va/yoki ulardan foydalanish huquqi uchun haq to‘lashdan tiyilishlari shart. Zarur yoshga yetmagan Foydalanuvchi tomonidan mazkur band buzilganligi uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda uning qonuniy vakillari zimmasiga yuklanadi.
8.2.5. Servisning ishlash jarayonini buzishga qaratilgan har qanday harakatlarni, Servisga ruxsatsiz kirishga urinishlarni, shuningdek Administratorning va/yoki har qanday uchinchi shaxslarning qonuniy huquqlarini buzuvchi boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirmaslik.
8.2.6. Mazkur Kelishuvning 6.3-bandida ko‘rsatilgan har qanday harakatlarni amalga oshirmaslik.
8.2.7. Mazkur Kelishuvda Foydalanuvchi uchun belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
8.3. Foydalanuvchi login va parol xavfsizligi, shuningdek uning logini va paroli ostida ro‘yxatdan o‘tilgandan keyin Resursda amalga oshiriladigan barcha harakatlar uchun javobgar bo‘ladi. Administrator muayyan loginlardan foydalanishni taqiqlashga va/yoki ularni muomaladan chiqarishga haqli. Foydalanuvchi o‘z logini va paroli ostida ruxsatsiz kirishning har qanday holati va/yoki xavfsizlikning har qanday buzilishi haqida Administratorni zudlik bilan xabardor qilishi shart. Administrator Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuv qoidalari buzilishi oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki buzilishi uchun javobgar bo‘lmaydi.
8.4. Login/parol uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, barcha javobgarlik bevosita Foydalanuvchining o‘z zimmasida bo‘ladi. Foydalanuvchining Hisob qaydnomasiga ruxsatsiz kirish natijasida yetkazilgan zarar uchun Administrator javobgar bo‘lmaydi.
9.1. Administrator quyidagi huquqlarga ega:
9.1.1. Zaruratga qarab mazkur Kelishuvni bir tomonlama tartibda o‘zgartirish, bunda bunday o‘zgartishlar kuchga kirishidan 15 (o‘n besh) kalendar kun oldin mazkur Kelishuvning yangi tahririni Sayt va/yoki Ilovada e’lon qilish orqali Foydalanuvchini bu haqda xabardor qilish sharti bilan. Agar Foydalanuvchi mazkur Kelishuvdagi o‘zgartishlarga rozi bo‘lmasa, u Servisdan foydalanishni rad etish orqali mazkur Kelishuvning amal qilishini to‘xtatishga haqli. Aks holda, Administrator va Foydalanuvchi ularning munosabatlari yangi tahrirdagi Kelishuv kuchga kirgan sanadan boshlab shu tahrir bilan tartibga solinishini tan oladilar.
9.1.2. Tariflarni, Telekanallar paketlari va/yoki Videokontentning tarkibi va mazmunini bir tomonlama tartibda o‘zgartirish.
9.1.3. Istalgan vaqtda o‘z ixtiyoriga ko‘ra Foydalanuvchining Servisdan foydalanish huquqini to‘xtatib turish, cheklash yoki bekor qilish, shu jumladan, biroq bular bilan cheklanmagan holda, Foydalanuvchi mazkur Kelishuv shartlarini, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan taqdirda, shuningdek Administrator Foydalanuvchining harakatlarini noinsof deb, Servisning ishlash qobiliyatini buzishga qaratilgan deb va/yoki Administrator va/yoki Huquq egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelishi, ularning ishchanlik obro‘siga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblashga asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek Foydalanuvchi Videokontentdan foydalanish qoidalarini yoki huquq egalarining talablarini buzgan taqdirda.
9.1.4. Zaruratga qarab Foydalanuvchining Servisdan foydalanishining texnik imkoniyatini ta’minlash uchun profilaktika va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.
9.2. Administrator quyidagilarga majbur:
9.2.1. O‘zining texnik imkoniyatlari doirasida Servisning mazkur Kelishuv shartlariga muvofiq ishlashini ta’minlash.
9.2.2. Servis faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy qarorlarni qabul qilish.
9.2.3. Mazkur Kelishuvda Administrator uchun belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
10.1. Videokontent va Telekanallarga bo‘lgan barcha mutlaq huquqlar tegishli Huquq egalariga tegishlidir. Foydalanuvchi bunday huquqlarni tan oladi va ularga rioya etish majburiyatini oladi.
10.2. Foydalanuvchiga Servis funksional imkoniyatlari doirasida Videokontent va Telekanallarni shaxsiy maqsadlarda ko‘rish uchun noeksklyuziv, cheklangan huquq taqdim etiladi. Boshqa har qanday huquqlarni o‘tkazish amalga oshirilmaydi.
10.3. Foydalanuvchiga Videokontent va Telekanallarni Servis funksional imkoniyatlaridan tashqarida nusxalash, yozib olish, takrorlash, tarqatish yoki ulardan foydalanish, shu jumladan Videokontent va Telekanallarni nusxalashdan himoya qiluvchi texnik vositalarni chetlab o‘tish taqiqlanadi.
10.4. Servisni taqdim etishda foydalaniladigan har qanday intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalari ularning Huquq egalarining intellektual mulki hisoblanadi hamda xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchiligi bilan himoya qilinadi.
10.5. Intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan Huquq egasining ruxsatisiz har qanday foydalanish noqonuniy hisoblanadi hamda javobgarning joylashgan yeri bo‘yicha sud tartibida fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
10.6. Shu bilan Administrator Foydalanuvchini tovar belgilari, Platforma, Sayt va Ilovaga nisbatan Administrator Huquq egasi ekanligi haqida xabardor qiladi.
10.7. Mazkur Kelishuvga muvofiq Foydalanuvchiga Servis doirasida Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan faqat shaxsiy (xususiy) notijorat ko‘rish maqsadlarida foydalanish huquqi beriladi, bunda ularni har qanday qismda, har qanday moddiy shaklda nusxalash huquqi berilmaydi (shu jumladan, biroq bu bilan cheklanmagan holda, Foydalanuvchi qurilmalari xotirasiga nusxalash yo‘li bilan), shuningdek Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan boshqa har qanday tarzda foydalanish huquqi ham berilmaydi, shu jumladan, biroq bu bilan cheklanmagan holda: tarqatish, ijaraga berish, sotish, ommaviy namoyish etish, ommaviy ijro etish, efirga yoki kabel orqali uzatish, shu jumladan qayta translyatsiya qilish yo‘li bilan.
10.8. Foydalanuvchi Servisdan (shu jumladan Servis doirasida unga foydalanish huquqi berilgan barcha intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan) faqat mazkur Kelishuvda ko‘rsatilgan berilgan huquqlarni amalga oshirish maqsadlaridagina foydalanishga haqli.
10.9. Servisdan mazkur Kelishuvda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmagan usulda foydalanish Foydalanuvchiga ruxsat etilgan deb hisoblanmaydi.
10.10. Servisdan (shu jumladan Servis doirasida Foydalanuvchiga foydalanish huquqi berilgan barcha intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan) mazkur Kelishuv shartlarini buzgan holda har qanday foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Bunday foydalanish noqonuniy hisoblanadi va javobgarning joylashgan yeri bo‘yicha sud tartibida fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.
10.11. Administrator va/yoki Videokontent Huquq egasi mazkur Kelishuvga muvofiq Servis doirasida Foydalanuvchiga foydalanish huquqi berilgan Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan noqonuniy foydalanishning oldini oluvchi yoki uni cheklovchi texnik vositalardan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
11.1. Mazkur Kelishuvda nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, Administrator va Foydalanuvchi mazkur Kelishuvda bayon etilgan qoidalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
11.2. Administrator Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuv qoidalarining buzilishi uchun javobgar bo‘lmaydi.
11.3. Foydalanuvchi mazkur Kelishuv shartlariga muvofiq Servisdan (shu jumladan Servis doirasida Foydalanuvchiga foydalanish huquqi berilgan barcha intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan) lozim darajada foydalanish uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini tushunadi va bunga rozilik bildiradi.
11.4. Administrator Servisning ishlashini ta’minlaydi, biroq uning uzluksiz ishlashi, Resursda joylashtirilgan har qanday ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki Servisni olish jarayonida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
11.5. Administrator Telekanallar paketi va/yoki Videokontentdan foydalanish imkoniyatini, shuningdek ularni Foydalanuvchi qurilmasida ko‘rish jarayonida hech qanday texnik xatolar, uzilishlar yoki boshqa muammolarsiz ko‘rish imkoniyatini kafolatlamaydi.
11.6. Administrator Foydalanuvchi tomonidan Servisni olish maqsadida foydalaniladigan Internet tarmog‘i orqali ma’lumotlar uzatilishining lozim darajadagi sifati yoki tezligi, ma’lumotlarni qayta ishlash yoki uzatishdagi har qanday kechikishlar, shuningdek Servisdan foydalanishda Foydalanuvchi qurilmasining to‘g‘ri ishlash imkoniyati uchun javobgar bo‘lmaydi.
11.7. Administrator o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar bu Administrator nazoratidan tashqarida bo‘lgan Foydalanuvchining harakatlari, shu jumladan Ruxsat etilgan hududdan tashqarida bo‘lish, Foydalanuvchi qurilmasining tasodifan yo‘q qilinishi, yo‘qotilishi yoki shikastlanishi, Foydalanuvchi qurilmasi, Sayt, Ilovadan noto‘g‘ri foydalanish va Foydalanuvchining boshqa harakatlari oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa.
11.8. Administrator Servisdan Foydalanuvchi tomonidan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan yoki shunga bog‘liq holda Foydalanuvchi qurilmasiga yoki uchinchi shaxsning elektron qurilmalariga, har qanday boshqa uskuna yoki dasturiy ta’minotga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
11.9. Administrator Telekanallar paketiga kiruvchi telekanallar va/yoki Videokontentning axborot mazmuni, shuningdek telekanallar va/yoki Videokontent Huquq egalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan har qanday buzilishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
11.10. Tomonlar mazkur Kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi, agar bunday bajarmaslik yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major holatlar) oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, jumladan: yong‘in, zilzila, dovul, chaqmoq urishi, harbiy harakatlar, terrorchilik harakati, ish tashlashlar, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, Servisni tashkil etishda foydalaniladigan ma’lumot uzatish tarmoqlari va uskunalardagi avariyalar, davlat hokimiyati organining qarori yoki majburiyatlarni bajarish imkoniyatini cheklovchi yoxud tugatuvchi normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishi, g‘ayriqonuniy xususiyatga ega harakatlar (masalan, o‘g‘rilik, talonchilik, Servis faoliyatini ta’minlovchi mol-mulkni qasddan shikastlash/yo‘q qilish, zararli kompyuter dasturlarini tarqatish), shuningdek Tomonlarning oqilona nazoratidan tashqarida bo‘lgan boshqa favqulodda va mazkur sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan holatlar.
11.11. Foydalanuvchi Servisdan (shu jumladan Servis doirasida Foydalanuvchiga foydalanish huquqi berilgan barcha intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan) mazkur Kelishuv shartlarini buzgan holda foydalanganligi sababli Administrator ko‘rgan har qanday zararlarni qoplashga rozilik bildiradi.
11.12. Mazkur Kelishuv bo‘yicha Administrator Foydalanuvchi oldida boy berilgan foydani qoplash yuzasidan majburiyatlarga ega emas va bunday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Agar mazkur Kelishuv doirasida Administratorning o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida Foydalanuvchiga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha javobgarligi yuzaga kelsa, bunday javobgarlik tegishli obuna ulangan paket qiymatiga teng summa bilan cheklanadi.
11.13. Foydalanuvchi Servisdan voz kechganda yoki tarif rejasini o‘zgartirganda, Kontentdan foydalanish uchun Obunani sotib olishga yechib olingan pul mablag‘lari qaytarilmaydi.
11.14. Hech qanday holatda Administrator Foydalanuvchi yoki har qanday uchinchi shaxslar oldida Resursdan yoki Resursda joylashtirilgan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan har qanday to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita, ehtiyotsizlik oqibatidagi zarar, shu jumladan boy berilgan foyda yoki yo‘qotilgan ma’lumotlar, sha’n, qadr-qimmat yoki ishchanlik obro‘siga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
11.15. Administrator Internet tarmog‘ida uchinchi shaxslarning internet-saytlari mavjudligi va mazmuni uchun, ularga o‘tish Sayt va/yoki Ilova interfeysida joylashtirilgan giperhavolalar orqali amalga oshiriladigan hollarda, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan bunday internet-saytlardan foydalanish bilan bog‘liq har qanday oqibatlar uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
11.16. Hech qanday holatda Administrator Foydalanuvchi yoki har qanday uchinchi shaxslar oldida Resursdan yoki Resursda joylashtirilgan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan har qanday to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita, ehtiyotsizlik oqibatidagi zarar, shu jumladan boy berilgan foyda yoki yo‘qotilgan ma’lumotlar, sha’n, qadr-qimmat yoki ishchanlik obro‘siga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
11.17. Administrator uchinchi shaxslar tomonidan joylashtiriladigan reklama materiallarining mazmuni, shuningdek Foydalanuvchining reklama havolalari orqali o‘tishi bilan bog‘liq oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
12.1. Mazkur Kelishuv Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilovchi hujjat sifatida talqin qilinishi va tartibga solinishi lozim.
12.2 Agar mazkur Kelishuvning biror qoidasi tegishli yurisdiksiya sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq haqiqiy emas yoki ijro etib bo‘lmaydigan deb topilsa, bu holat mazkur Kelishuvning qolgan qoidalarining yuridik kuchi, qonuniyligi va ijro etilish imkoniyatini hech qanday tarzda susaytirmaydi.
12.3. Tomonlar mazkur Kelishuvdan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar sudgacha bo‘lgan da’vo tartibida hal etilishini tasdiqlaydilar.
12.4. Tomonlar mazkur Kelishuv bo‘yicha yuzaga keladigan har qanday nizo, kelishmovchilik yoki talab, shu jumladan mazkur Kelishuvni talqin qilish, mavjudligi, haqiqiyligi yoki bekor qilinishi bilan bog‘liq har qanday masala, shuningdek mazkur Kelishuvda tartibga solinmagan masalalar bo‘yicha sudgacha da’vo tartibida hal etib bo‘lmaydigan nizolar javobgarning joylashgan joyi bo‘yicha sud tartibida hal etilishiga rozilik bildiradilar.
13.1. Servisdan foydalanish bilan bog‘liq barcha masalalar, shu jumladan axborot-ma’lumot xizmati, texnik qo‘llab-quvvatlash va har qanday e’tirozlar bo‘yicha Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning 5.12-bandida ko‘rsatilgan usullar orqali, shuningdek Sayt va/yoki Ilovada ko‘rsatilgan boshqa usullar bilan Hamkorning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi lozim.
13.2. Mazkur Kelishuv bo‘yicha Servisga oid Foydalanuvchining murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularga javob berish Administrator/Hamkor tomonidan Foydalanuvchining kelib tushgan murojaati ro‘yxatdan olingan paytdan e’tiboran 30 kun ichida amalga oshiriladi, agar Sayt va/yoki Ilovada boshqacha tartib va muddatlar belgilanmagan bo‘lsa.
14.1. Mazkur Kelishuvni tuzish orqali Foydalanuvchi Administrator tomonidan o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi hamda bunday rozilikni bera turib, Foydalanuvchi o‘z xohish-irodasi va o‘z manfaatlarini ko‘zlab harakat qilayotganini tasdiqlaydi.
14.2. Mazkur Kelishuv doirasida shaxsga doir ma’lumotlar deganda Foydalanuvchining quyidagi shaxsga doir ma’lumotlari tushuniladi: abonent raqami, Hisob qaydnomasi ma’lumotlari, shuningdek mazkur Kelishuv bo‘yicha huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan Administratorga taqdim etiladigan boshqa shaxsga doir ma’lumotlar.
14.3. Administrator shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq har qanday harakatlarni amalga oshirishga, sudda o‘z manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va mazkur Kelishuv qoidalariga muvofiq Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli.
14.4. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash deganda avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan shaxsga doir ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui, shu jumladan yig‘ish, qayd etish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ajratib olish, foydalanish, uchinchi shaxslarga uzatish (tarqatish, taqdim etish, foydalanish imkonini berish), egasizlantirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish tushuniladi.
14.5. Foydalanuvchi o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini Administratorga taqdim etar ekan, ularni quyidagi maqsadlarda qayta ishlashga rozilik bildiradi:
14.5.1. mazkur Kelishuvni bajarish maqsadida Foydalanuvchini identifikatsiya qilish;
14.5.2. Servis doirasida axborot xabarlarini yuborish;
14.5.3. Servisning qo‘llab-quvvatlash xizmati tomonidan Foydalanuvchilarning so‘rovlarini ko‘rib chiqish;
14.5.4. egasizlantirilgan ma’lumotlar asosida Servisdan foydalanish bo‘yicha statistik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish;
14.5.5. Servisni takomillashtirish maqsadida Foydalanuvchining afzalliklarini tahlil qilish va o‘rganish;
14.5.6. Servisga texnik xizmat ko‘rsatish;
14.5.7. firibgarlik va Servisdan boshqa noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish hamda ularni aniqlash;
14.5.8. mazkur Kelishuvga muvofiq Foydalanuvchiga Servisdan foydalanish huquqini lozim darajada taqdim etish uchun zarur bo‘lgan boshqa qonuniy maqsadlarda .
14.6. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish shartlari:
14.6.1. Administrator Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlaridan faqat mazkur Kelishuvda ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanadi.
14.6.2. Administrator mazkur Kelishuv doirasida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash majburiyatini oladi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat organining talabi bilan Administrator tomonidan Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari oshkor etilishi maxfiylikning buzilishi deb hisoblanmaydi..
14.6.3. Administrator Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash va tarqatishdan himoya qilish uchun barcha zarur texnik choralarni ta’minlash majburiyatini oladi.
14.7. Administrator Foydalanuvchining o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga nisbatan quyidagi huquqlariga rioya etilishini kafolatlaydi:
14.7.1. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga taalluqli axborotni olish huquqi;
14.7.2. agar shaxsga doir ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan, noaniq, noqonuniy olingan bo‘lsa yoki qayta ishlashning bildirilgan maqsadi uchun zarur bo‘lmasa, Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga aniqlik kiritishni, ularni bloklashni yoki yo‘q qilishni Administratordan talab qilish, shuningdek o‘z huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunda nazarda tutilgan choralarni ko‘rish huquqi;
14.7.3. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlar.
14.7.4. Shartnoma bekor qilingandan so‘ng Administrator Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z ma’lumotlar bazasidan o‘chiradi.
15.1. Mazkur Kelishuv Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvning 2-bo‘limiga muvofiq aksept qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
15.2. Mazkur Kelishuv va unga e’lon qilingan har qanday o‘zgartirishlar Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalanishning butun davri davomida hamda Administrator litsenziyasining amal qilish muddati davomida amal qiladi.
15.3. Tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishlari va mazkur Kelishuvga muvofiq o‘z huquqlari yoki majburiyatlari munosabati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini buzishi mumkin bo‘lgan hech qanday harakatlarni sodir etmasliklari shart, shu jumladan (ammo bu bilan cheklanmagan holda) noqonuniy to‘lovlarni, shu jumladan pul shaklidagi yoki boshqa har qanday shakl/turdagi porani har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan (ammo bu bilan cheklanmagan holda) tijorat tashkilotlariga, davlat xizmatchilariga, xususiy kompaniyalarga va ularning vakillariga yoki affillangan shaxslarga taklif etmasliklari, bunga rozilik bildirmasliklari, yo‘l qo‘ymasliklari, sanksiya bermasliklari, va’da qilmasliklari hamda amalga oshirmasliklari lozim.
15.4. Mazkur bo‘limning 15.3-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlar Tomonlardan biri tomonidan buzilgan taqdirda, boshqa Tomon mazkur Kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama suddan tashqari tartibda voz kechish huquqiga ega. Mazkur bandga muvofiq Kelishuv bekor qilingan taqdirda, Tomonlar bir-biriga zarar/ziyonni qoplamaydilar.
15.5. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
15.5.1. istalgan vaqtda Foydalanuvchi tashabbusi bilan;
15.5.2. amaldagi qonunchilikda va shartnoma shartlarida belgilangan talablar Iste’molchi tomonidan buzilgan taqdirda Administrator tashabbusi bilan;
15.5.3. tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda Foydalanuvchi vafot etgan hollarda.
16.1. Administratorning rekvizitlari:
“OVVA” mas’uliyati cheklangan jamiyati
Ro‘yxatga olish raqami: 2480816
STIR: 311366013
Manzil: 100017, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, C-6, Nosirov ko‘chasi, 70.
MFO: 00974
IFUT: 62010
Email: support@ovva.uz
Xizmatlar litsenziyalangan:
Litsenziya № 362502, reyestr: L-4603245
https://license.gov.uz/registry/afd5039a-945d-4a2e-b3fa-0b6a42ade4e5
Litsenziya № 362503, reyestr: L-4603246
https://license.gov.uz/registry/f4da22c4-de64-40db-a675-8b8e74192d26