Lulu Nana 7-qism | Ayyorlik Qilmang | OVVA – TV, kino va seriallar
Lulu Nana 7-qism | Ayyorlik Qilmang
Lulu Nana 7-qism | Ayyorlik Qilmang
Film haqida
Bu qismda qahramonimiz Nana sharbat savdosi bilan shug‘ullanadi. U o‘zining mazali sharbatlarini sotish uchun kichik do‘kon ochib, xaridorlarga bepul ta'tib ko'rishni tafsiya qiladi. Har doimgidek Lulu bunday imoniyatni qo'ldan boy bermaydi. Nana tayyorlagan sharbatlarni tatib ko‘rishni xohlaydi va uning oldiga kelib, bepul taqdim etilgan sharbatni ichib ko‘radi. Lulu shirin narsalarni yaxshi ko‘radi va sharbatning mazasidan qoyil qoladi. U yana sharbat ichishni istaydi, ammo Nana bu safar unga sharbatni sotib olishni taklif qiladi. Lulu esa sharbatni sotib olishdan bosh tortadi va o‘rniga ayyorona reja o‘ylab topadi. Lulu turli xil ko‘rinishda Nana oldiga kelib, uning sharbatlarini bepul ichib ketaveradi. Lekin, bilamizki, ayyorlik uzoq davom etmaydi. Qiziq, bu safar voqealarda Nana Luluning hiylasini payqaydimi yoki Lulu oxir-oqibat sharbatlarni sotib olishga qaror qiladimi? Buni siz yangi qismimizda bilib olasiz!