Film qahramonlari Aziz va Rustam aslida egizak aka-ukalar. Ammo, ular bir-birlariga nafaqat tashqi ko'rinish, balki xarakter taraflama ham mutlaqo o'xshamaydilar. Aziz allaqachon Sitora ismli qizga ko'ngil qo'ygan, unga uylanmoqchi. Lekin, uning otasi Aziz bir ishni boshlab, oxiriga yetkaza olmaganini va omadsiz ekanini aytib, unga qizini berish niyatida emas. Aynan shu vaqtda Rustamning esa, sevikli qizi yo'q va ota-onasi uni tezroq uylantirish harakatida edilar. Aziz Sitoraga erishish uchun, uning otasiga qisqa muddatda o'z oldiga maqsad qo'yib, muvaffaqiyatga erishishga va'da beradi. Rustam esa, kutilmaganda Aziz ofitsiant bo'lib ishlaydigan kafedagi Oydinni sevib qoladi. Ammo, badavlatligi tufayli, qizlardan kuygan Rustam, Oydinga o'zini boy tadbirkor ekanligini bildirishni istamasdi. Shunda Aziz unga yordam bermoqchi bo'ladi. Ammo, Azizning o'zi Sitora otasiga bergan va'dasining ham ustidan chiqishi kerak edi.Aka-uka oshiqlar o'zlari orzu qilgandek baxtli bo'lib, o'z sevgilisiga yetisha olarmikanlar ?
Komediya
O‘zbekiston