Nosirning onasi bevaqt vafot etgan. Nosirning Zuhra ammasi, uning beva otasi yoniga kelib, yaxshi bir ayolni topib, uylanishni tavsiya etadi. Аmmo, beva ota ikkilanadi. Zuhra ammaning jahli chiqadi. U Nosirni topib, otasini uylantirish kerakligini aytishdan avval hiyla ishlatib, uning oʼzi uylanishi kerakligini, oilaga yaxshi kelin kerakligini uqtirmoqchi boʼladi. Nosir esa, hozirda uylanmoqchi emasligini aytsa, Zuhra ammasining jahli chiqib ketadi. Otasini bevalikda qiynalayotganini aytib, shaʼma qiladi. Аmmo, Nosir tushunmaydi. Zuhra amma shunda “yaxshi, sen tezroq uylanishing kerak, men qiz topay” deb, unga kelin izlashga tushadi. Nosirning boshi qotib qoladi. U oʼzini oldinda qanday muammolar va sarguzashtlar kutayotganidan bexabar edi...
Komediya
O‘zbekiston