Аziz aka qishloqda yashirinchi giyohvand moddalarni yetkazib berish va uning savdosi bilan shugʼullanadi. U giyohvand moddalarni qabul qilib olib, tarqatadi. Shu qishloqlik Oloviddin ismli yosh bola esa, bundan xabar topib, Ichki ishlar xodimiga yetkazadi. Choʼponlar chegaradan giyohvand moddalarni olib oʼtib, Аziz akaga yetkazishadi. Shuni ustiga Ichki ishlar xodimi yetib kelib, ularni qoʼlga olmoqchi boʼlganda, Аziz aka unga hujum qilib, joniga qasd qiladi. Oradan yillar oʼtadi. Аziz akaning qilmishidan hech kim xabar topmaydi. Аziz aka oʼshanda uning qilmishlarini Ichki ishlar xodimiga Olovuddin yetkazganligini bilgan edi. U vaqt oʼtgach, yigitlarni yollab, Olovuddinni qattiq doʼpposlattiradi. Qishloqdoshlari uni behush holida topib olib, kasalxonaga yetkazishadi. Yigit komaga tushib qoladi. Аziz aka buni eshitib, xotirjam boʼladi. Ichki ishlar xodimlari va qishloqdoshlar kimdan gumon qilishni ham hayron edilar. Chunki, Аziz akaning qilmishlaridan hech kim xabardor emasdi... Olovuddin komadan oʼziga keladimi? Аziz akaning qilmishlari oshkor boʼladimi?
Komediya
O‘zbekiston