Erkin va Ifora yoshlikda bir-birlariga koʼngil qoʼygan edilar. Аmmo, bir vaziyat sabab ularning yoʼllari ayro tushgan. Oradan yillar oʼtib, ikkovi ham oila boʼlib ketishganda, tasodifan koʼp qavatli uyda qoʼshni boʼlib qolishadi. Ifora Erkinni koʼrgan zahoti taniydi. Soʼng, unga oʼzini eslatish uchun, yoshlik vaqtida Erkin unga tanlab bergan atirni liftdan chiqish joyiga sepib qoʼyadi. Erkin bu atir hidini tanib, hayajonga tushadi. Аmmo, Iforani hali bu yerga koʼchib kelganligidan bexabar edi... Ifora gul doʼkonida ishlaydi. Erkin u yerga gul sotib olish uchun kiradi va Iforaga koʼzi tushib qotib qoladi. Ikkovi ham, hali qalbidagi tuygʼulari soʼnmaganligini sezishadi. Lekin, ikkovi ham oilali... Ularning taqdiri qanday kechadi? Erkin va Ifora hali oldinda oʼzlarini nimalar kutayotganligidan bexabar edilar...
Melodrama
O‘zbekiston