Gulnoza bir oʼgʼli bilan beva qolgan ayol boʼlib, u oʼz akasining qizi Kumushni kelin qilish istagida edi. Аmmo, akasi qizi Kumushni boshqa bir sovchi yuborgan yigitga uzatishga rozilik berib ulgurgan edi. Аkasining bu ishi Gulnozani qattiq ranjitadi. U buning uchun akasi va kelinoyisidan qattiq qasd olishni reja qiladi. Unga koʼra, jiyani Kumushga uylangan kuyov yigit Sardorning beva otasi Zokir akaga koʼz suzib, u bilan munosabat oʼrnatadi. Buni sezib qolgan jiyani Kumush dahshatga tushadi. Endi uning taqdiri qanday kechadi? Bundan xabar topgan kuyov Sardor, otasining qilmishini kechira oladimi? Kumushning otasi-chi? Qudasiga koʼz suzgan singlisining qabihligiga qanday chora koʼradi?
Melodrama
O‘zbekiston