Serial bosh qahramoni Sherzod hayotda juda ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rgan. Tengdoshlariga o‘xshab qimmat mashinalar haydab, yaxshi hashamatli uyda yashashni xohlaydi, afsuski “bir kam dunyo” deganlari shu bo‘lsa kerak. Onasi bilan yolg‘iz yashaydi, onasi tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman deb firibgarlarga uchrab qolgan: yashab turgan uyini garovga qo‘yib bankdan kredit rasmiylashtirgan, pullar evaziga mahsulot olib kelib beramiz deb juftagini rostlab qolishgan. Sherzodning birdan bir tushunadigan insoni bu Rayhon – har taraflama unga suyansa bo‘ladi: do‘sti ham, sevgilisi ham, fikr-dardkashi hisoblanadi.Voqealar Sherzodning uyiga bank xodimlari kelib, uyini olib qo‘yishmoqchi bo‘lishganidan boshlanadi. Sherzod va oilasining muammosi voqealar rivojlangan sari yanada kattalashib ketaveradi. Sherzod va Rayhonning yana bir kursdoshi Shahnoz ham asosiy qahramonlarimizdan biri hisoblanadi. Shahnoz o‘zidan ancha yoshi katta Rustam aka bilan munosabatda bo‘lib, buning ortidan nomusini yo‘qotgan va bu muammoni yechimini Rustam aka bilan qidirib yuradi. Rustam aka esa Sherzodning barcha muammolarini hal qilib berish evaziga Rayhonga emas, Shahnozga uylanishini taklif qiladi. Har taraflama boshi berk ko‘chaga kirib qolgan Sherzod avvaliga rozi bo‘lmaydi, ammo hayot sinovlari oxir-oqibat uni bu ishga ko‘nishga majbur qiladi. Shu bilan Sherzod Rayhon bilan necha yillik sevgisiga nuqta qo‘yib, nomusini yo‘qotgan Shahnozga uylanadi. Mashina, uy, daromadli ishlarni o‘z g‘ururi va nomusiga almashtiradi. Xo‘sh, shu bilan bu oila baxtli hayot kechiradimi? Rayhonchi, uning hayoti nima bo‘ladi endi? U Anvar ismli otasining shogirdiga, Sherzodga jahli chiqib turmushga chiqadi va bu shoshilib qabul qilgan qarorning dardini esa ancha vaqtgacha ko‘taradi.Shahnozning har bir nayranglari, oilada farzandsizlik – bunga sabab kasallikmi yoki Shahnoz ichadigan dorilarmi – bularning hammasini serial davomida kuzatib bilib olish mumkin bo‘ladi.
Drama
O‘zbekiston