Nana va Lulu tez-tez bog‘da ko‘rishib qolishadi. Bu safargi uchrashuv Nananing tushlik qiladigan vaqtiga to‘g‘ri keldi. Nana bir o‘zi tayyorlagan sendvichini mazza qilib paqqos tushirgisi keladi faqat har doimgidek Lulu uning rejasini buzib qo‘yadi. Nana o‘z sendvichini bergisi kelmay Luluga ulashgandek bo‘ladi. Lekin Nananing qizg‘anchiqligi sabab Luluning ichidagi qitmirlikni yuzaga qanday qilib chiqarib yuborganini bilmay qoladi va ishlar oxiri katta va mazali sendvichni talashishgacha yetib keladi. Xo‘sh, Nana o‘z tushligini Lulu bilan bo‘lisharmikan? Yoki qizg‘anchiqligida davom etarmikan?