Filimda millatimizga xos bir-biriga mehr-oqibat ko'rsatib yashash, yaxshi va yomon kunlarda elkadosh bo'lish singari insonga xos fazilatlar yanada yuksak darajaga olib chiqiladi. Ayniqsa, xalqimizning to'y-ma'rakalarga saf tortib borishi haqida falsafiy sahnalar esda qolarli.Bosh qahramon Hikmat ota ko'p yillik tajribaga ega mahalla oqsoqoli. U ertayu kech mahalla ahilligi, jipsligi va osoyishtaligi uchun harakat qilib charchamaydigan inson. Film "Vatan ichra Vatan" bo'lgan mahallaga yoshlarning hurmat-e'tiborini qaratish, uning ahamiyatini his etishlariga ko'maklashish va bu tizimda faoliyat yuritishlariga jalb etishni maqsad qilgan. Zero, katta hayot yo'li hamisha mahalladan boshlangan.