Maftuna institutda dars bermoqchi bo'ladi. Ammo talabalar uni mensimaydi, doimo hurmatsizlik qilishadi. Maftuna ziyoli, lekin juda yuvosh qiz. Shu sababli, talabalarga bas kela olmaydi. Akmal esa uni tasodifan institutda, rektorning kabinetida ko'rib qoladi. Akmal rektorning ammasinikida ijarada yashaydi. U ixtirochi bo'lib, odamsimon robot yasash ustida uzoq izlanadi va nihoyat tashqi qiyofasi o'zi yoqtirgan Maftunaga ikki tomchi suvdek o'xshash robotni yaratadi. Bu ixtiro esa ko'p narsalarni o'zgartirib yuboradi. Akmal esa hali o'zini oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edi…
Fentezi, Komediya
O‘zbekiston