1922-yilda Turkistonlik jadidlarning tashabbusi bilan Germaniyaga o'qishga yuborilgan xorazmlik Maryamxon Sultonmurodovaning tahlikali va murakkab taqdiri haqida hikoya qiluvchi mazkur filmning syujeti dramatik sahnalarga boyligi va murakkab sahnalar bilan boshqa shu ruhdagi filmlardan farq qiladi. Maryam o'zbek ayollarining matonat timsoli va taraqqiyparvar shaxsi sifatida har bir davr o'zbek qizlari, ayollariga namuna bo'lgulik inson sifatida tasvirlanadi.